Toshkentda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti hamkorligida oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada ishtirokchilar mini-futbol, stol tennisi va shaxmat boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.
Tadbir doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi oʻrtasida muhim hujjatlar imzolandi. Ushbu qaror va memorandum talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va oliy taʼlim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan. Bu hujjatlar sportni ommalashtirish boʻyicha yangi strategik tashabbus sifatida eʼtirof etildi.
Musobaqada oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etib, jamoaviy hamjihatlik va sportga boʻlgan eʼtiborlarini namoyon qilishdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Musobaqa doirasida ishtirokchilarning yuqori darajadagi oʻzaro raqobati kuzatildi. Gʻolib va sovrindorlar “Vazir kubogi” hamda medallar bilan taqdirlandi. Bu sport musobaqasi oliy taʼlim muassasalaridagi jismoniy tarbiya va sport rivojiga yangi turtki boʻlishi kutilmoqda.
Tashkilotchilar tadbirning kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qoʻshma loyihalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi. “Vazir kubogi” musobaqasi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida doʻstona muhit yaratib, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda muhim qadam boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring