Toshkentda odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha milliy va xalqaro tajriba muhokama qilindi

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Toshkentda “Odam savdosiga qarshi kurashda oʻttiz kunlik hamkorlik” oyligi yakuniga bagʻishlangan “Odam savdosiga qarshi kurash: milliy yondashuvlar va xalqaro standartlar” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya, Ichki ishlar vazirligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etildi. Unda Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi T. Narbayeva soʻzga chiqib, oxirgi yillarda mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda, eng avvalo inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash yoʻnalishida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilgani, bu yoʻnalishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligi mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladi.
Buning natijasida turli xavf-xatarlarga, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida sezilarli yutuqlarga erishildi. Jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha milliy qonunchilik takomillashtirildi, oxirgi 5-yilda ushbu yoʻnalishda 40 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Konferensiya davomida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlarining rolini kuchaytirish va jamoatchilikni xabardor qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ishtirokchilar tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Tadbirda ishtirok etgan davlat organlari vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ekspertlar, shuningdek, xorijiy diplomatik korpus vakillari tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, xalqaro tajribani milliy amaliyotga qoʻllash, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha innovatsion yondashuvlar, axborot texnologiyalaridan foydalanish, qurbonlarni aniqlash va ularga yordam berish mexanizmlari muhokama qilindi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan yakuniy hujjat — Kommyunike qabul qilindi. Ushbu hujjatda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, sohada kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha bir qator tavsiyalar oʻz ifodasini topdi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring