Toshkentda MO davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Foto: DXX
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, tadbir Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari VII Maslahat uchrashuvidagi raisligi doirasida tashkil etilgan. Tadbir ochilishida ishtirokchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaati oʻqib eshittirilgan. Unda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari muloqoti mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshma yondashuvlar va taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, uchrashuv davomida asosiy eʼtibor mintaqa mamlakatlari xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va xatarlarga baho berishning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni bartaraf etishda maxsus xizmatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalariga qaratilgan.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy narkotik va qurol-yaroq aylanmasiga qarshi kurashish, transmilliy jinoyatchilik, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash sohalaridagi dolzarb masalalarni hamda oʻzaro manfaatli boshqa hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilgan.
Ushbu tadbir Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻlib, mintaqada tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida maxsus xizmatlar rahbarlarining muntazam uchrashuvlariga asos solishi taʼkidlangan DXX xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring