Toshkentda mashina boshqargan oʻquvchi sinfdoshining oʻlimiga sababchi boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahrida 17 yoshli maktab oʻquvchisi akasi tegishli boʻlgan avtomobilni boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Oqibatida u bilan birga avtomobilda ketayotgan sinfdoshi halok boʻldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea joriy yilning 25-mart kuni sodir boʻlgan. Maktab oʻquvchisi akasining “Tracker” avtomobilini soatiga 137 kilometr tezlikda haydagan. Shundan soʻng u boshqaruvni yoʻqotib, ikkita mashina bilan toʻqnashgan, keyin esa ustunga borib urilgan.
Toʻqnashuv oqibatda avtomobil salonida boʻlgan maktab oʻquvchisi mashinadan uchib chiqib ketib, voqea joyida halok boʻlgan.
Ayblanuvchi sudda boshqa bunday holat qaytarilmasligini aytib, qilgan ishidan afsusda ekanini bildirgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga koʻra (transport harakati yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida inson oʻlimiga sabab boʻlish) aybdor deb topdi. Unga toʻrt yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sud jazoni qayta koʻrib chiqib, uch yillik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring