Toshkentda mamlakatning bosh archasini oʻrnatish va bezash ishlari boshlandi (fotoreportaj)
Foto: Alixon Utarbekov / “Xalq soʻzi”.
Toshkent shahrida mamlakatni bosh archasini oʻrnatish, bezatish, Yangi yil bayrami uchun tayyorgarlik ishlari boshlandi. “Xalq soʻzi” fotomuxbiri Alixon Utarbekov mazkur jarayondan fotoreportaj tayyorladi.
Bu yil ham bosh archa oʻtgan yilgi singari Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoniga oʻrnatilmoqda.
Archani oʻrnatish, bezatish ishlariga quruvchilar, chiroq ustalari va hatto alpinistlar ham jalb qilingan.
Bosh archaning balandligi 35 metr (archa tepasida oʻrnatilgan yulduzni ham qoʻshib hisoblaganda 36 metr), diametri 13 metr, bezatishda ishlatilayotgan oʻyinchoqlarning soni 20 mingdan ortiqroqni tashkil etmoqda.
Jarayonda ishtirok etayotgan mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu yil pandemiya sabab archani oʻrnatish, bezatishda katta oʻzgarishlar koʻzda tutilmagan.
Xuddi oʻtgan yilgi kabi bu yil ham bosh archaning toʻrt tomonida kichik archalar, attraksionlar, savdo doʻkonlari oʻrnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring