Toshkentda maktab oʻquvchisi futbol darvozasi bosib qolishi oqibatida vafot etdi
Illyustrativ foto
Toshkent shahar Olmazor tumanida maktab oʻquvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, 133-umumtaʼlim maktabining 11-A sinf oʻquvchisi — 2007-yil 3-iyul kuni tugʻilgan A.M. 27-sentyabr kuni sinfdoshlari bilan soat 20:00 larda ovqatlanishga, undan soʻng 21:00-22:00 lar atrofida tumandagi 134-maktab sport maydoniga futbol oʻynagani borgan.
Futbol oʻynab boʻlgandan soʻng ketmoqchi boʻlib turishganda A.M. futbol darvozasiga osilgan, muvozanatni ushlolmay chalqancha yiqilgan. Bolaning ustiga darvoza tushib, tagida qolgan, oʻquvchilar darvozani koʻtarib, tez yordam chaqirgan.
“40 daqiqada tez yordam kelgan, bolaning otasini chaqirishgan. Ular A.M.ni SamPIga olib borgan, bola jonlantirish boʻlimiga olib kirib ketishayotganida, soat 23:45 larda “qorin yopiq jarohati, jigar yorilishi, jigar venasi uzilishi, ichki qon ketishi, travmatik shok” oqibatida vafot etgan”, deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring