Toshkentda mahsulot yarmarkalarida narxlar ustidan nazoratni kuchaytirish uchun kameralar oʻrnatilmoqda
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatiga koʻra, aholi uchun arzon mahsulotlar taklif etilayotgan oziq-ovqat yarmarkalarida shaffoflikni taʼminlash maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sotuvchilar mahsulotlarni koʻrsatilganidan yuqori narxlarda taklif qilayotgani haqida shikoyatlar tarqalgan. Bu esa poytaxtliklar orasida norozilikka sabab boʻldi.
Shu munosabat bilan narxlarni sunʼiy oshirish holatlarini oldini olish va nazoratni kuchaytirish uchun maxsus savdo joylariga kuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda.
Hozirgacha Mirobod dehqon bozori va “Eski Juva” (Chorsu) bozorida kameralar oʻrnatib boʻlindi. Hokimiyatga koʻra, tez orada poytaxtdagi barcha yirik bozorlarda arzon mahsulotlar yarmarkalarida videokuzatuv tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring