Toshkentda Kasaba uyushmalari kuni va Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Bugun, 11-noyabr kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari kuni va Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va aʼzolariga chuqur hurmat va samimiy tilaklar izhor etilgan bayram tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻqib eshittirdi.
Davlat rahbarining qutlovida Yangi Oʻzbekistonda inson hayoti va qadr-qimmati qonun himoyasidaligi, kasaba uyushmalari esa bugungi kunda 8 million kishini birlashtirgan fuqarolik jamiyatining eng ommaviy instituti ekanligi taʼkidlangan.
Soʻnggi besh yil ichida kasaba uyushmalari fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Besh yuz ming nafar xodimning huquqlari tiklandi, korxonalarda 20 mingta jamoatchilik nazorati tadbirlari oʻtkazildi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi 21 mingdan ortiq kamchilik bartaraf etildi, 1 millionga yaqin xodim va ularning oila aʼzolari sanatoriylarda sogʻlomlashtirildi, 800 ming nafar bola uchun yozgi dam olish tashkil etildi.
Xalqaro hamkorlik faol rivojlanmoqda: Kasaba uyushmalari federatsiyasi oʻnga yaqin global va mintaqaviy tashkilotlarga aʼzo boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va aʼzolariga yoʻllangan tabrigida soha faollari ijtimoiy adolatni mustahkamlash, odamlarning turmush sifatini yaxshilash va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishga bundan buyon ham munosib hissa qoʻshishlariga ishonch bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring