Toshkentda YPX inspektorini mashina urib ketdi

Toshkent shahrida chorrahada xizmat olib borayotgan yoʻl-patrul xizmati xodimini “Tracker” urib ketdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-aprel kuni Doʻrmon yoʻli Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida sodir boʻlgan. Mazkur chorrahadagi tirbandlikni bartaraf etish choralarini koʻrib, xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektori serjant T.A.ni “Tracker” rusumli transport vositasi urib yuborgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida inspektor oʻng va chap qoʻl koʻplab shilinmalari, chap chanoq suyagining bir necha joydan sinishi, chap tizza sohasi va oyoq yumshoq toʻqimalari lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakunda qonuniy qaror qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring