Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

14:29 28 Aprel 2025 Jamiyat
130 0

Shu yilning 19 — 21-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi.

Gap shundaki, Toshkent shahridagi Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor "Eco Expo Central Asia — 2025" ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu shunchaki ko‘rgazma emas, balki barqaror kelajak yo‘lida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlashtiradigan harakatdir.

Ko‘rgazma ilg‘or ekologik texnologiyalar, amaliyot va yechimlar almashish uchun mintaqadagi birinchi ixtisoslashtirilgan platformadir. Bu yerda ekologiyadagi sun’iy intellektdan tortib suvni tejash yechimlarigacha, yashil energiyadan ekoturizmgacha bo‘lgan innovatsiyalar namoyish etiladi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu tadbirda Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun” Eco Expo” nafaqat o‘zlarining yashil tashabbuslarini namoyish etish, balki yangi bozorlarga chiqish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ekologik innovatsiyalardan ilhom olish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyatidir. Bu yerda biznes uchrashuvlari, taqdimotlar, ekspertlar panellari, shuningdek, startaplar va ekologik loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yashil tashabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlashni o‘rgatuvchi sanoat ta’lim muassasalari, ekomarshrutlarni taklif etuvchi turistik joylar va boshqalar namoyish etiladi.

Asosiy ko‘rgazmadan tashqari mehmonlarni ekspertlar va soha yetakchilarining taqdimotlari, mamlakatning tabiiy merosiga bag‘ishlangan videotanlov va fotoko‘rgazma, O‘zbekiston ekologiyasi haqidagi hujjatli film namoyishi, tabiat va inson uyg‘unligini aks ettiruvchi badiiy ko‘rgazmalar kutmoqda.

"Eco Expo Central Asia — 2025" — Markaziy Osiyodagi eng muhim ekologik tadbirning bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyatdir. Uch kun davomida ko‘rgazma mintaqaning ekologik kun tartibini o‘zgartirishga, barqaror va ekologik toza texnologiyalar sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishga imkon beradigan platformaga aylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер