Tоshkentda “Hilton Auto Expo — 2021” avtokoʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda

11:16 10 Noyabr 2021 Jamiyat
749 0

Oʻzbekistonda birinchi ochiq osmon ostidagi “Hilton Auto Expo — 2021” avtokoʻrgazmasi "Tashkent City" hududida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirda yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar, avtosalonlar, tuning studiyalar , avtomobil butlovchi qismlari hamda aksessuarlarini ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishmoqda. 

Butun park boʻylab ekspozitsiya va stendlar joylashgan. Hammasi boʻlib yigirmata dislokatsiya koʻrsatilgan. “UzAuto Motors” ekspozitsiyasi koʻrgazma mehmonlarida katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, yangi Chevrolet Tahoe va yangi Chevrolet Captiva koʻpchilikni qiziqtirdi. Shuningdek, koʻrgazma mehmonlari “UzAuto Motors”ning qoʻshimcha opsiyali avtomobillariga ham qiziqishdi.

Eko charm bilan qoplangan oʻrindiq va eshik, litiy disk va boshqa original opsiyalarga ega boʻlgan tuning qilingan Chevrolet Lacetti Red Line katta qizigʻish uygʻotdi. Asosiy stendda koʻzgarma mehmonlari nafaqat oʻzlariga yoqqan avtomobil bilan tanishishlari, balki uni auksion orqali ham sotib olishlari mumkin.

Koʻrgazma 20-noyabrga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер