Toshkentda ham piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan fuqaroni mashina urib yubordi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Cobalt” piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 27-sentyabr kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasida 37 yoshli F.R. “Cobalt” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida jabrlangan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini soʻraymiz”, deyiladi YHXB xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida “Damas” rusumli avtomashina piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan 3 kishini urib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring