Toshkentda fuqarolardan 3 haftada 1715 ta tigʻli qurol musodara qilindi
Toshkent shahrida oʻtkazilgan “tigʻ” tadbirlarida 1715 ta tigʻli vositalar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan “tigʻ” maxsus profilaktik tadbirlarida 21 kun ichida poytaxt koʻchalari va jamoat joylarida oʻtkir tigʻli ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 1631 nafar shaxs aniqlangan.
Ulardan 1715 dona sovuq qurollar olingan boʻlib, ularning 1614 tasi pichoq, 17 tasi kastet, 19 tasi bita, 7 tasi pnevmatik qurol, 2 tasi elektroshoker, qolgan 56 tasi esa turli koʻrinishdagi tigʻli jismlar boʻlgan.
Taʼkidlash joiz, qonunga xilof ravishda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining 1 dan 5 baravarigacha jarima solinishiga, shuningdek, boshqa qonuniy taʼsir choralari qoʻllanishiga sabab boʻlishi mumkin.
Avvalroq Andijon shahrida er-xotin oʻrtasida janjal kelib chiqib, oqibatda erkak turmush oʻrtogʻini qasddan oʻldirgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring