Toshkentda firibgarlik qilib, MChJni qasddan bankrot qilmoqchi boʻlganlar ushlandi
Poytaxtning Yunusobod tumanida fuqarolarning xarid qilgan avtomashinalarini nomiga oʻtkazib bermasdan MChJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda aniqlanishicha, “A.M.L.” MChJ masʼul shaxslari avtotransport vositalari sotuvi bilan shugʻullanib kelib, 4 nafar fuqaroga 2 ta “Spark”, “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarni 2-yildan 3-yilgacha muddatli toʻlov asosida sotishga kelishgan.
Fuqarolar tomonidan 2019-2023-yillar davomida toʻlovlar toʻliq amalga oshirilganiga qaramay avtomashinalarni ularning nomiga oʻtkazib bermasdan, jami 34 882 dollar va 118,5 million soʻmni qoʻlga kiritgan.
Bundan tashqari MChJ masʼul shaxslari kreditorlarning oldida 6,1 milliard soʻm qarzdorligi mavjud boʻlsada, avtotransport vositalarining sotuvidan tushgan 471,9 million soʻmni hisob-raqamiga kirim qilmasdan korxonani toʻlovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirganliklari maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 181-1-moddasi (qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring