Toshkentda firibgarlar bankda 2000 dan ortiq qalbaki tangalarni almashtirdi

02:06 18 Dekabr 2021 Jamiyat
1247 0

Toshkentdagi banklardan birida firibgarlar 2000 dan ortiq qalbaki tangalarni almashtirdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqarolar tomonidan poytaxt banklaridan birining ayirboshlash shoxobchasiga 2 yevrolik 2470 dona jami 4940 yevro tanga topshirilganligi aniqlandi.

Bank xodimlari tangalar qalbaki ekanligini aniqladi va bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar berdi.

Qayd etilishicha, natijada 59,3 million soʻm moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pullar, aksiz markalari yoki qimmatli qogʻozlarni tayyorlash, sotish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?