Toshkentda Euronews kanalining vakolatxonasi ochildi — Fotoreportaj
Foto: Hasan Paydoyev/Xalq soʻzi
Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri Euronews Toshkent shahrida vakolatxonasini ochdi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov maʼlum qildi.
«Bu muhim voqea Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ochiqligi, hamkorlikka tayyorligi va ishonchli mamlakat sifatidagi mavqeyini yana bir bor tasdiqlaydi.
Euronews kanalining Oʻzbekistonning oqilona siyosatini Yevropa davlatlari va jahon hamjamiyatiga yetkazishdagi faoliyati samarali boʻlishiga ishonamiz va ularga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz», — deyiladi Ahror Burhonov xabarida.
Maʼlumot uchun, Euronews kanali 1993-yilning 1-yanvar sanasida Fransiyaning Lion shahrida tashkil etilgan boʻlib, oʻn uch tilda jahon yangiliklari haqida videolavhalar hamda audio sharhlarni uzluksiz, 24 soat davomida oʻz foydalanuvchilariga ulashib boradi. Hozirda Euronews kanali dunyo boʻylab 150 dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Hasan PAYDOYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring