Toshkentda erkak ayolini benzin bilan yoqib yubordi
Toshkentda ayolining ustiga benzin sepib, uni yoqib yuborgan erkakka sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilingan.
Maʼlum qilinishicha, ayoli bilan doimiy tarzda janjallashib kelgan 1983-yilda tugʻilgan erkak bolasini koʻrish maqsadida ayolning yoniga borgan. Ayoli bolasini koʻrsatmaganidan soʻng, mast holatda boʻlgan fuqaro uydan benzin olib rafiqasi yoniga borgan va uni yoqib yuborgan.
Eng dahshatlisi shundaki, bu bu hodisalarning barchasi ularning farzandi koʻz oʻngida yuz bergan.
“Bolamni qizgʻanib, koʻrsatmayotgan edi. Mening yomonligim yoʻq edi. Oʻsha kuni hech boʻlmaganda bir daqiqa telefonda gaplashtirganda, bunday boʻlmas edi. Men yoqaman, deb niyat qilmagan edim”, degan fuqaro.
Maʼlumotlarga koʻra, ayol tanasining 75 foiz qismi kuyib ketgan va hozirga qadar 5 ta operatsiyani boshdan oʻtkazgan. Shuningdek, voqeada erning oʻzi ham kuyib qolgan.
Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan sudlanuvchiga nisbatan 18-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring