Toshkentda yer narxi qancha arzonladi?
Markaziy bank Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori boʻyicha-2024-yilgi tahlilini eʼlon qildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, poytaxtda bir sotix yer narxi oʻtgan yilning dekabr oyi holatida oʻrtacha 352 million soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilga qaraganda 10 million soʻmga arzonroq. Shunga qaramasdan, respublika boʻylab eng qimmat yer Toshkent shahrida.
Poytaxtdagi bir sotix yer narxi 2022-yilda 263 million, 2023-yilda 362 million, 2024-yil holatida esa 352 million soʻm boʻlgan.
Yangi uylar narxi oʻtgan yil soʻmda 11,4 foiz, dollarda 6,7 foizga oshgan. Eski uylarning narxi esa soʻmda 6,3 foiz, dollarda 1,8 foizga qimmatlagan.
Hududlar kesimida solishtirganda, Toshkent viloyatida bir sotix yer narxi 100 million soʻm atrofida boʻlgani qayd etildi. Yaʼni, poytaxtdagi yer uchastkasi narxi Toshkent viloyatidagi uchastka qiymatidan 3,5 baravar yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring