Toshkentda er ayolini oʻldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar yolgʻon boʻlib chiqdi

Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini oʻldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalgan.
Ushbu xabar Bosh prokuratura tomonidan oʻrganildi.
Aniqlanishicha, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan O.X. bilan sharʼiy nikoh asosida oila qurgan 35 yoshli ayol D.J. tibbiy yordam koʻrsatilgan boʻlishiga qaramasdan, 2022-yil 10-iyun kuni yashash uyida vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra, ayolning oʻlimiga chap tuxumdon kistasining yorilishi oqibatida, ichki qon ketishi sabab boʻlgan, shuningdek, uning tanasida tan jarohatlari mavjud boʻlmagan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, 2022-yil 14-iyul kuni jinoyat protsessual qonunchiligiga binoan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilingan.
Mazkur qaror qonuniyligi Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida oʻrganilib, bekor qilingan va 3-avgust kuni komissiyaviy sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda ekspertiza oʻtkazilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda koʻp muhokamalarga sabab boʻlayotgan videotasvir joriy yil 10-iyun kuni marhumaning murdasi sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvlaridan olinib, turmush oʻrtogʻi tomonidan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi yashash joyiga avtomashinada olib kelingan vaqtda tasvirga olingan.
Oʻrganishda, er turmush oʻrtogʻining murdasini 2 kun mobaynida avtomashinasida olib yurganligi holati oʻz tasdigʻini topmagan.
Tekshirish harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring