Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi
Bugun Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro musobaqalarga start berildi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o‘tayotgan “UNG Meeting Continental” turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan bronza darajasidagi turnir bo‘lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo‘ljallangan.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat sportchilari mazkur turnirda U12, U15 va kattalar yosh toifalarida medallar uchun bahs olib boradilar.
Turnir 17-mayga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring