Toshkentda drift boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi
21-23-mart kunlari Toshkent shahrida drift boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati oʻtkaziladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar qildi.
Bu avtomobil sporti ixlosmandlari uchun moʻljallangan musobaqa boʻlib, unda yurtimizning eng mohir drift ustalari ishtirok etishadi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, musobaqa 3 kunga moʻljallangan. Ilk ikki kunda ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, brifing, texnik va tibbiy koʻrik, shuningdek, kvalifikatsiya bosqichlari boʻlib oʻtadi. 23-mart kuni esa chempionatning asosiy bellashuvlari va gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa Oloy bozorining avtoturargohida oʻtkazilib, unga kirish mutlaqo bepul.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring