Rossiyada Telegramʼni bloklash darajasi 80 foizga yetdi

21:18 17 Mart 2026 Dunyo
143 0

Rossiyadan Telegram domenlariga yuborilayotgan muvaffaqiyatsiz soʻrovlar ulushi oʻrtacha qariyb 80 foizga yetdi, ayrim federal okruglarda esa bu koʻrsatkich 90 foizga yaqinlashdi. Bu haqda “Kommersant” nashri Merilo servisi maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, dam olish kunlaridan boshlab messenjerning ishlash tezligi sezilarli darajada pasaygan. Foto va videolarni yuklashda uzilishlar kuzatilmoqda, matnli xabarlar esa kechikish bilan yuborilmoqda.

Muvaffaqiyatsiz soʻrovlar ulushi hududlarga qarab farq qilmoqda. Ekspertlar buni trafikni filtrlash uchun moʻljallangan uskunalarni sozlash xususiyatlari bilan izohlamoqdalar.

Avvalroq, aprel oyi boshida Rossiyada Telegramʼni butunlay bloklash rejalashtirilayotgani maʼlum boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?