Toshkentda daraxt qulab 3 ta mashinani bosib qoldi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida koʻp yillik daraxt qulab, uchta mashinani bosib qolgani tasvirlangan video va fototasvirlar tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tezkor guruh inspektorlari, Yunusobod tumani inspektorlari hamda Akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻi dendrologi Atirgul Xolmirzayeva tomonidan joyiga chiqib oʻrganilgan.
Aniqlanishicha, 1 tup shumtol daraxtining qulashiga tabiiy omillar taʼsiri sabab boʻlgan. Shundan soʻng hodisa oqibatlarini bartaraf etish borasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan manzilda tegishli tartibda ishlar olib borilgan.

Ekologiya boshqarmasi xabarida holat tufayli yetkazilgan zarar ham uning miqdori haqida ham maʼlumot keltirilmagan. Qolgan mutasaddi idoralar ham hozircha rasmiy izoh bergani yoʻq.
Maʼlumotlarga koʻra, katta daraxt toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻlning qatnov qismiga qulab tushgan va uchta avtomobil — “Nexia”, “Spark” va BYDʼni bosib qolgan. Guvohlar hech kim jabrlanmagani, biroq avtomobillar texnik shikastlanganini aytmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring