Toshkentda ayolga qoʻl koʻtargan erkak qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida erkak kishi ayolga kuch ishlatgani aks etgan video tarqalib, turli munosabatlarga sabab boʻldi. Ushbu holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22-iyul kuni taxminan soat 13.30 larda Mirobod tumani, Qoʻyliq-1 dahasi hududidagi koʻp qavatli uylar oldida 1993-yilda tugʻilgan S.A. oʻzaro kelishmovchilik oqibatida oldindan tanishi boʻlgan 1999-yilda tugʻilgan T.K. ga nisbatan kuch ishlatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan.
Shunga qaramasdan, jabrlanuvchi ayol ichki ishlar organlariga yoki shifoxonaga murojaat qilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan S.A. ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida voyaga yetmagan 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zoʻrlangani mazmunidagi xabarlar tarqalgani hamda ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot bergani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring