Toshkentda andijonlik sud raisi 170 ming dollar pora bilan qoʻlga olingani aytildi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Andijon viloyati Xonobod shahri sudi raisi 170 ming dollar pora olayotgan paytida qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Sudyalar oliy kengashi munosabat bildirdi.
Bugun, 12-may kuni kengashning yigʻilishida Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudi raisi Y. E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Natijada, Kengash xulosasi bilan Y. E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.
Shunga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan shu mavzudagi xabarlar boʻrttirilgani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring