Toshkentda 6 yoshli bola suv toʻldirilgan quduqqa tushib ketib, halok boʻldi

11:02 09 Iyul 2024 Jamiyat
260 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 8-iyul kuni Toshkentda olti yoshli bola suv bilan toʻldirilgan quduqqa tushib halok boʻldi, Bu haqda UzAlert (yoʻqolganlarni topishga yordam beruvchi guruh) xabar berdi.

Bildirilishicha, voqea kecha, 8-iyul kuni soat 18:00 atrofida yuz bergan. Aniqlik kiritilishicha, 6 yoshli А.А. Uchtepa tumanidagi “Havas“ doʻkoniga chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Bugun, 9-iyul kuni ertalab tezkor xodimlar uning otasi ishlagan sex hududidagi suv lyukidan bolaning jasadini topishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер