Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Videodan kadr
Poytaxtning Mirobod tumanida 4 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Holat yuzasidan IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 6-avgust kuni soat 16:40 larda Toshkent shahrining Mirobod tumani Nukus koʻchasida “Cobalt”, “Malibu”, “Labo” va BYD rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashuvi oqibatida YTH roʻy bergan.
Qayd etilishicha, hodisa tufayli hech kim tan jarohat olmagan.
Hozirda holat yuzasidan shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumani Choshtepa koʻchasida 9 ta yengil mashina va 1 ta yuk transport vositasi ishtirokida YTH sodir boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring