Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

09:54 06 Iyul 2025 Jamiyat
254 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 1 ta yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 5-iyul kuni soat 20:25 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida “Shacman” rusumli yuk mashinasi, “Leapmotor”, “Nexia-3” va “Cobalt” rusumli avtomashinalar toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, deb yozadi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?