Toshkentda 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Toshkent shahrida 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 9-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:45 da (Grinvich boʻyicha 00:45 da) Toshkent shahrida yer silkinishi sodir boʻlgan. Zilzila koordinatalari 41,33 gradus shimoliy kenglik, 69,38 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 5 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 3,6 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan.
Boshqa tumanlarda sezilish kuchi quyidagicha:
- Mirzo Ulugʻbek tumanida 2 ball, 2 km.
- Mirobod tumanida 2 ball, 5 km.
- Shayxontohur tumanida 2 ball, 6 km.
- Yashnobod tumanida 2 ball, 6 km.
- Olmazor tumanida 2 ball, 7 km.
- Yakkasaroy tumanida 2 ball, 7 km.
- Chilonzor tumanida 2 ball, 9 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring