Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Videodan kadr
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 3 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Shahar IIBB YHXB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 30-sentyabr kuni soat 21:15 larda Yakkasaroy tumani KHAY koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni “Cobalt”, “Hyundai” va “Jetour” rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashib ketgan.
YHXBga koʻra, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Lixiang L9” rusumli mashina ayanchli ahvolga kelib qolgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring