Toshkentda 29 yoshli shaxs 61 yoshli fuqaroni kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaroni urayotgani aks etgan video keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, ushbu holat joriy yilning 19-oktyabr kuni taxminan soat 20.00 larda, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib koʻchasida sodir boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, 1996-yilda tugʻilgan fuqaro B.S. oʻzaro kelishmovchilik oqibatida 1964-yilda tugʻilgan fuqaro S.D.ni bir necha marotaba urgan va hodisa joyidan “Nexia-2” rusumli avtomashinada ketib qolgan.
Birlamchi tibbiy maʼlumotga koʻra, jabrlanuvchiga “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oʻng qosh sohasi shilingan jarohati” tashxisi qoʻyilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring