Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi mashinadan oʻzini tashladi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda qiz harakatdagi avtomashina eshigini ochib, undan sakragani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 7-iyul kuni taxminan soat 11:00 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik koʻchasida sodir boʻlgan. 24 yoshli X.A. (yigit) “Nexia” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, oldindan tanishi boʻlgan 19 yoshli B.J. (qiz) bilan oʻzaro kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgan. Soʻng fuqaro B.J. harakatlanib ketayotgan avtomashina eshigini ochib, yoʻlning qatnov qismiga sakragan.
Shu hududda xizmat olib borayotgan tuman IIO FMB xodimlari zudlik bilan qizga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, shifoxonaga olib borgan. Birlamchi tibbiy maʼlumotga koʻra, B.J.ga “peshona va chap yonoq sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi hamda teri osti gematomasi” tashxisi qoʻyilgan.
IIBBga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring