Yuqorichirchiqda 18 yoshli oʻsmir avtohalokat qurboni boʻldi
Yuqorichirchiq tumanida rul boshqaruvini yoʻqotgan avtomobil beton devorga urildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 1-sentabr kuni soat 14:00 da Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan oʻtgan 4P-15 “Qiziltogʻ-Yangibozor” avtomobil yoʻlining 67-kilometrida haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 2003-yilda tugʻilgan haydovchi “Vaz-2107” rusumli avtomobilda “Yangibozor-Parkent” yoʻnalishida harakatlangan. Natijada rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻldan chiqib ketib, chap tomonda boʻlgan beton devorga urilgan.
Oqibatda, haydovchi ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi tekshiruv boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring