Toshkentda 13 yoshli bola ukasini sotuvga qoʻyib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli bolaning onlayn savdo platformasiga sotuvga qoʻyib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.
Unga koʻra, ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur eʼlon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani tez fursatda aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ota-onasi qaramogʻida yashovchi voyaga yetmagan I.A. (2012-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) shunchaki bolalarcha oʻylovsiz tarzda, kichik yoshli ukasi A.M. (2022-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola)ni shoʻxligi uchun goʻyoki taʼzirini berib qoʻymoqchi boʻlgan.
U ukasini onlayn platformaga oʻzi ochgan akkauntdan sotuvga qoʻyib yuborgan va sotuv narxini 150 ming soʻm deb koʻrsatgan.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan Oʻzbekistonlik ayol Toshkentga ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring