Toshkentda 1000 dona noqonuniy dori vositalari savdosining oldi olindi

Toshkent shahrida tegishli hujjatli boʻlmagan 1000 dona dori vositalarini pullamoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Bektemir tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro F.O. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari boʻlmagan jami 1 000 dona “Aragan” nomli dori vositasini 215 million soʻmga sotishga kelishib, ushbu pullarni AQSH dollarida hisoblab 16 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi, yaʼni sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Fargʻona viloyatida fuqaroga yolgʻon SMS yuborib, uni chuv tushirmoqchi boʻlgan suv taʼminoti korxonasi xodimi qoʻlga olingani haqida xabar qilgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring