Toshkent viloyatidagi soydan qum-shagʻal qazib olganlar tabiatga 4,5 mlrd soʻm zarar yetkazdi

11:18 03 Aprel 2025 Jamiyat
88 0

Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyati hududidagi Oqsoqota soyidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal qazib olganlar 4,5 mlrd soʻm zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari Boʻstonliq tumanida ekologik nazorat tadbirlarini oʻtkazgan. Reyd davomida fuqarolar soyning oqim boʻylab chap tarafidan davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida qum-shagʻal aralashmalarini MAN yuk mashinasiga hech qanday ruxsatnomasiz yuklab berayotgani aniqlangan.

Holat boʻyicha surishtiruv jarayonida haydovchilar ushbu joydan qum-shagʻal aralashmalarini qazib olishni I. ismli fuqaroning ogʻzaki topshirigʻiga asosan tosh maydalash sexiga olib borib toʻkayotgani va sexning nomini bilmasligini maʼlum qilgan.

Voqea joyiga Boʻstonliq tuman IIB YPX xodimi jalb qilinib, 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonun talablarini buzgan. Holat boʻyicha tabiatga 4 mlrd 504 mln 378 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan. Holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar Boʻstonliq tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер