Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda bolalar sifatsiz sut mahsulotidan zaharlandi

Illyustrativ foto
Toshkent viloyatining Piskent va Boʻka tumanlaridagi bir necha maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 24-sentyabr kuni Piskent va Boʻka tumanlaridagi bir necha maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari salomatligida oʻzgarish boʻlgani sababli tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat qilingan.
Dastlabki tibbiy koʻriklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon ichak faoliyatining oʻtkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qoʻyilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning oʻzida aksariyat bolalarning sogʻligʻi yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Ogʻir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Mazkur vaziyat darhol MMTV tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻrganish ishlari boshlangan.
Taxminlarga koʻra, bolalar sogʻligʻidagi oʻzgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab boʻlgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2 foizli kefir mahsuloti Oqqoʻrgʻon tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda isteʼmol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Qayd etilgan holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.
“Oʻrganishlar yakunlariga koʻra, holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring