Toshkent viloyatidagi ayanchli YTHda 2 kishi halok boʻldi

10:23 17 Mart 2025 Jamiyat
131 0

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyatining Piskent tumanida insonlar oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIBB boshligʻining matbuot kotibi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 17-mart kuni soat 06:30 larda Piskent tumani hududida sodir boʻlgan. “Toshkent-Bekobod« avtomobil yoʻlida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, oʻz yoʻnalishida kelayotgan «Isuzu” avtomobili bilan toʻqnashgan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, yuk mashinasi haydovchisi transport boshqaruvi paytida uxlab qolgan.

YTH oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va bir nafar yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

YTH yuz bergan joyga zudlik bilan Toshkent viloyati SSBning malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot masʼullari jalb etilib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, ularni shifoxonaga yetkazgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va zaruriy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер