Toshkent viloyatida yuk mashinasi elektr tayanch ustuniga urildi
Foto: “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida elektr tayanch ustuniga yuk mashinasi borib urildi. Viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 1-avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Boʻstonliq tumani hududidan oʻtgan D006 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yoʻlining 76-kilometri sodir boʻlgan. HOWO rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotgan 33 yoshli haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi elektr tarmogʻi oʻtgan tayanch ustunga borib urilgan.
Ushbu YTH oqibatida harakat ishtirokchilari tan jarohati olmagan, biroq transport vositasi texnik shikastlangan.
Keltirilishicha, hozirda holat yuzasidan Boʻstonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabariga koʻra, hodisa tufayli tumandagi isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan (6,6 MVt) elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan. Aniqlik kiritilishicha, bugun, soat 14:50 da GES-27 energetika obyektidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Chorbogʻ-1 va L-Chorbogʻ-2 110 elektr tarmogʻi favqulodda oʻchgan.
Buning ortidan ushbu elektr tarmogʻidan kuchlanish oluvchi Boʻstonliq tumanining isteʼmolchilari (6,6 MVt): aholi xonadonlari, ishlab chiqarish obyektlari, bolalar dam olish oromgohlari va dor yoʻli (kanatka) majmuasining elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
“Shu soatlarda voqea joyiga zaxira tayanch ustuni va zarur uskuna-jihozlar olib borilib, elektr tarmogʻini tiklash boʻyicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, liniyadagi nosozlik bartaraf etilgunga qarar isteʼmolchilarga halqalash usulida kuchlanish berish choralari amalga oshirilayotgani taʼkidlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring