Toshkent viloyatida “valyutchik”lar ushlandi

19:14 08 Fevral 2025 Jamiyat
320 0

Foto: Prokratura departamenti

Toshkent viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Boʻstonliq tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan R.X. va B.R. oʻzaro til biriktirib, fuqaro Q.Sh.ga 4 ming dollarni 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Angren shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.P. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va N.P. oʻzaro til biriktirib, fuqaro K.Sh.ga 3 800 dollarni 49,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 4 280 dollar, 18,5 ming rubl, 10 ming qozoq tengesi va 31,2 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер