Toshkent viloyatida uyida narkotik va qurol saqlayotgan 5 aka-uka ushlandi
Videodan kadr
Toshkent viloyatida Boʻstonliq tumanida xonadonida giyohvand moddalar va qurol-aslahalar saqlagan aka-ukalar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXX hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Boʻstonliq tumanida yashovchi 5 nafar aka-ukaning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada, ular tomonidan yashirib qoʻyilgan jami 9 kg 14 gr marixuana, 1 tup kannabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegishli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoq (dubinka) va 2 dona sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Taʼkidlanishicha, ushbu fuqarolar muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan, biroq oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
“Eng achinarlisi, ular 22 yoshli 2 nafar farzandini ham oʻzlarining qabih ishlariga jalb qilgan”, deyiladi DXX xabarida.
Shuningdek, ularning sherigi hisoblangan, 1970-yilda tugʻilgan shaxsning yashash manzili ham koʻzdan kechirilganda xonadon omborxonasi va oshxonasida jami 7 dona qogʻoz boʻlagiga solingan quruq holatdagi kannabis va chekish uchun moʻljallangan moslama borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring