Toshkent viloyatida katta miqdorda sifatsiz dori vositalari savdosining oldi olindi

Toshkent viloyatida 12 ming donadan ortiq sifatsiz dori vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1996-y.t. shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 9500 dona “Menavazin”, 1300 dona “Glitserin” va 2000 dona “Metralin” dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun moʻljallangan 56880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9700 AQSH dollari va 2 million 550 ming soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tekshiruv davomida “Glitserin” suyuqligi qoʻlbola usulda tayyorlanib, qadoqlanganligi maʼlum boʻldi.
“Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi” Davlat markazining tegishli xulosasiga koʻra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qoʻllash taqiqlanadi», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq 3 million dollar miqdorida kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring