Toshkent viloyatida kartoshkaning Vengriyadan olib kelingan yangi navlari yetishtirilmoqda

15:07 28 Iyul 2023 Jamiyat
441 0

Hozirgi kunda viloyatda 2022-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 355 ming tonna kartoshka yetishtirildi, Shundan 305 ming tonnasi fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari hissasiga toʻgʻri keldi.

Tahlillarga koʻra, yurtimizda kartoshka yetishtirish hajmlari yildan yilga aholi sonidan ham tezroq oʻsib boryapti. Yaʼni jon boshiga 3 baravarga oʻsgan. Viloyatda aholining isʼtemol talabi 300 ming tonnani tashkil qiladi. Shundan 240 tonnaga yaqini viloyatning oʻzida yetishtirilishi bu yaxshi natijadir. Bu yilgi mavsumda fermer tomorqa xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan jami 26 ming 300 gektar maydonlarga kartoshka ekilishi rejalashtirilgan. Ushbu ekilgan maydonlardan oʻrtacha 20 tonnadan jami 540 ming tonna hosil olinishi rejalashtirilgan.Shundan, gʻalladan boʻshagan takroriy maydonlarga jami 15 ming gektariga kartoshka ekilmoqda. 

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan, ushbu mamlakat seleksiyasiga mansub 6 ta “Aranu clipke”, “Balatoni Rossa”, “Demon”, “Botant”, “White”, “09-688” nav namunalari yurtimiz tuproq-iqlim sharoitida sinash maqsadida olib kelindi. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida, Boʻstonliq tajriba uchastkasi va “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” qoʻshma korxonasida amalga oshirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер