Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi yerni 200 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Illyustrativ foto
Toshkent viloyatida fuqaro hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yerni sotib yubormoqchi boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, fuqaro A.S. IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga murojaat qilgan.
Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda, fuqaro B.S. Yuqori Chirchiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming AQSH dollari evaziga oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, kelishilgan puldan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Avvalroq Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olingani haqida xabar qilgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring