Toshkent viloyatida Gentra toʻliq yonib ketdi

16:59 27 May 2024 Jamiyat
317 0

Foto: Toshkent viloyat IIBB YHXB

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Gentra rusumli avtomobil toʻliq yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-may kuni soat tahminan 13:30 larda Boʻstonliq tumani hududida 2002-yilda tugʻilgan boshqaruvidagi Gentra rusumli transport vositasida sodir boʻlgan qisqa tutashuv sababli yongʻin yuzaga kelgan. 

Ushbu holatda haydovchi va ikki nafar yoʻlovchilar avtomobildan tushib qolgan. Avtoulov toʻliq yonib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?