Toshkent viloyatida fuqaroning uyidan qariyb 20 ming dona psixofaol dori topildi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Chirchiq shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro A.P. fuqaro B.R.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda mavjud boʻlgan 18 turdagi 7 129 dona dori vositalarini 5 050 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.
Tadbir davom ettirilib, A.P.ning xonadoni koʻzdan kechirilganda, u yerda turli nomdagi 19 974 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, jami 27 103 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring