Toshkent viloyatida fuqarolardan 8 mingga yaqin tigʻli buyum musodara qilindi
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan 8 oy davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldi olindi va bir qator jinoyatlar fosh etildi.
Maʼlumotlarga koʻra, patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida 294 ta jinoyat aniqlangan boʻlsa, shundan 189 tasi bevosita ular tomonidan fosh etilgan. 136 ta holatda turli jinoyatlarning oldi olingan.
Shuningdek, PPX xodimlari ishtirokida 188 nafar, bevosita ular tomonidan esa 115 nafar qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olingan. 40 nafar bedarak yoʻqolgan fuqaro topilgan. Bundan tashqari, 1 573 nafar ish va yashash joyi nomaʼlum boʻlgan shaxs reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.
Viloyatda oʻtkazilgan “Tigʻ” maxsus-profilaktik tadbiri davomida 7 909 ta oʻtkir tigʻli buyum muomaladan chiqarilgan. Shundan 6 774 tasi — pichoq, 78 tasi — kastet, 33 tasi — bita va 1 024 tasi boshqa turdagi xavfli tigʻli buyumlarni tashkil qilgan.
Huquqbuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda qonuniy choralar koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring