“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi

Illyustrativ foto
Toshkent viloyatining Olmaliq shahri va Yangiyoʻl tumanida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida xabar berildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.
Xususan, “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamgʻasi buzilganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln soʻm zararni oʻz hamkasbi orqali bartaraf qilib berish evaziga 1,6 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga aloqador boʻlgan AJ Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. oʻz xizmati uchun ushbu pul mablagʻidan 1,3 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa Yangiyoʻl tumanida yashovchi muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq sodir etgan jinoyati uchun hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan 1983-yilda tugʻilgan A.S. ham qoʻlga olindi.
U 2021-yilning iyun oyida onlayn-auksion orqali oʻziga va 6 nafar qarindoshiga dehqonchilik yoʻnalishida foydalanish uchun 49-yil muddatga ijaraga berilgan 2,7 gektar yer maydonini 1979-yilda tugʻilgan I.K. bilan til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 40 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring