Toshkent va Fargʻonada narkojinoyatchilar qoʻlga olindi

16:04 21 Yanvar 2026 Jamiyat
445 0

Videodan kadr

Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida narkojinoyatlarga qarshi oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda qariyb 4 kilogramm “ajal ogʻusi” aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida Bektemir tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “zakladka” qoʻyishni rejalashtirgan 33 yoshli shaxs ushlangan. Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida doimiy roʻyxatda turuvchi ushbu fuqaroning yonida 6 gr “gashish” va 5 gr “mefedron” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, u ustachilik qilayotgan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan hovli uy koʻzdan kechirilganda, bu yerdan jami 1,7 kg “gashish” va 500 gr “mefedron” topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, mazkur shaxsning doimiy istiqomat qiluvchi Zafarobod tumanidagi uyida ham 800 gr “mefedron” sintetik narkotik moddasi aniqlangan.

Bildirilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Fargʻona viloyatida qayd etilgan holatda esa, Qoʻshtepa tumani tomon harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtotransport vositasi DXX va IIO xodimlari hamkorligida Toshloq tumani hududida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.

Natijada, avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan Qoʻshtepa tumanida yashovchi, 18 yashar fuqaroga tegishli bolalar sumkasida Qirgʻizistondan keltirilgan 969 gr “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻlgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida ajal ogʻusining haqiqiy egasi Fargʻona shahrida yashovchi 19 yoshli shaxs ekani aniqlanib, u ham qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер