Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temir yo‘l qatnovi tashkil etildi
Anomal ob-havo sharoiti tufayli Angren — Pop dovoni transport vositalari harakati uchun yopilgan. Yo‘lovchilarni uzluksiz tashishni ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va FVV tomonidan Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temir yo‘l qatnovi tashkil etildi.
732-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” poyezdi Ko‘l, Temiryo‘lobod, Qo‘n va Qo‘shminor bekatlarida rejadan tashqari to‘xtaydi.
Shuningdek, Ohangaron, Angren, Ko‘l, Orzu, Chodak, Temiryo‘lobod, Qo‘n, Qo‘shminor, Pop bekatlarida to‘xtab, so‘ngra Qo‘qonga yo‘l oladigan qo‘shimcha “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishi joriy etilmoqda.
Shuningdek, muntazam jadval bo‘yicha harakatlanuvchi barcha poyezdlar ham yo‘lovchilarni chiqishi va tushirishi maqsadida yuqoridagi bekatlarda to‘xtaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring